Item logo image for bitg — yangi o‘zbek alifbosi (Ö Ğ Ş Ç)

bitg — yangi o‘zbek alifbosi (Ö Ğ Ş Ç)

ExtensionTools
Item media 1 (screenshot) for bitg — yangi o‘zbek alifbosi (Ö Ğ Ş Ç)

Overview

Eski lotin va kirill matnni yangi o‘zbek alifbosiga (Ö Ğ Ş Ç) o‘giradi: belgilangan matn, sahifa, yozayotganda. Oflayn.

bitg — yangi o‘zbek lotin alifbosi (Ö Ğ Ş Ç) uchun. Eski lotin (o‘, g‘, sh, ch) va kirill matnni bir bosishda yangi alifboga o‘giradi. Oddiy «sh → ş» almashtirish emas. Ichida bitg yadrosi ishlaydi — bitg.uz konvertori va Windows/Mac/Linux klaviaturasi bilan bir xil dastur, lug‘at va qoidalar bilan: • inglizcha so‘z, havola, pochta va brendlarga tegmaydi: «push», «https://…/shahar», «Photoshop» o‘zgarmaydi; • tushib qolgan apostrofni tiklaydi: «Ozbekiston gozal» → «Özbekiston gözal»; • kirill matnni ham o‘giradi: «Ассалому алайкум, қўшни» → «Assalomu alaykum, qöşni»; • ikki xil o‘qiladigan so‘zni belgilab, «tekshiring» deydi. Imkoniyatlar • Oyna: matnni yozing yoki qo‘ying — natija darhol, o‘girilgan so‘zlar belgilangan, bitta tugma bilan nusxa. • O‘ng tugma → «bitg: yangi alifboga o‘girish»: maydonda (xat, izoh, forma) matn joyida almashadi, Ctrl+Z qaytaradi; oddiy sahifa matni buferga nusxalanadi. • Tezkor tugma Alt+Shift+Y (o‘zgartirish mumkin). • «Sahifani yangi alifboda ko‘rish»: butun sahifa matni yangi alifboda, yana bir bosish — asl holi. Maydonlar, formalar va kodga tegilmaydi. • Yozayotganda o‘girish — siz tanlagan saytlarda: probeldan keyin so‘z o‘giriladi, kursor joyida qoladi, darhol ⌫ bosilsa asl so‘z qaytadi. Standart holatda o‘chiq; yoqilganda brauzer faqat o‘sha sayt uchun ruxsat so‘raydi. • Interfeys: o‘zbekcha, ruscha, inglizcha. Qorong‘i mavzu. Maxfiylik • Internetga ulanmaydi: matn brauzeringizda o‘giriladi, hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi. • Analitika, reklama, hisob yo‘q. Saqlanadigan yagona narsa — sozlamalar (til va avto-o‘girish yoqilgan saytlar). • Kod ochiq: github.com/dtwinuz/bitg Eslatma: Google Docs matnni canvas’da chizadi, u yerda yozayotganda o‘girish ishlamaydi — matnni oynada o‘girib qo‘ying.https://bitg.uz/https://github.com/dtwinuz/bitg/issues

Details

  • Version
    0.1.0
  • Updated
    November 14, 2026
  • Size
    1.2MiB
  • Languages
    3 languages
  • Developer
    Website
    Email
    tech@bitg.uz
  • Non-trader
    This developer has not identified itself as a trader. For consumers in the European Union, please note that consumer rights do not apply to contracts between you and this developer.

Privacy

Manage extensions and learn how they're being used in your organization
The developer has disclosed that it will not collect or use your data. To learn more, see the developer’s privacy policy.

This developer declares that your data is

  • Not being sold to third parties, outside of the approved use cases
  • Not being used or transferred for purposes that are unrelated to the item's core functionality
  • Not being used or transferred to determine creditworthiness or for lending purposes

Support

For help with questions, suggestions, or problems, visit the developer's support site

Search
Clear search
Close search
Google apps
Main menu